Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatini tartibga soluvchi qonun imzolandi. Hujjat bilan ombudsmanning huquq va majburiyatlari belgilandi, xususan, u 5 yilga saylanadi va inson huquqlari bo‘yicha qonunlarga rioya etilishini nazorat qiladi. U fuqarolarning shikoyatlari asosida tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.
Buxoro shahridagi 4-tergov hibsxonasida mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari yo‘qligi aniqlandi va ular ombudsman tavsiyasiga ko‘ra tashkil etildi. Qonunchilikda mahkumlar yaqin qarindoshlari bilan yiliga 6 marta qisqa va 6 marta uzoq muddatli uchrashuvlardan foydalanishi mumkinligi belgilangan.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili 27-sonli manzil koloniyada monitoring o‘tkazdi. Barcha mahkumlar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning 47 nafariga “Osteomiyelit”, “Osteoxondroz” tashhislari qo‘yildi. Ularga statsionar davo muolajalari buyurildi.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi.
Barcha hududlarda ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular fuqarolardan shikoyatlarni qabul qilib, inson huquqlari monitoringini yuritadi.
Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanidagi g‘isht zavodlaridan birida mehnat qilayotgan mahbuslarga mart-may oylari uchun ish haqlari to‘lab berilmagani aniqlandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) aralashuvi bilan mahkumlarning oylik maoshlari to‘lab berilishiga erishildi.
O‘tgan yili Inson huquqlari bo‘yicha vakil salkam 15 mingta murojaatni qabul qildi va uning 4486 tasini ko‘rib chiqishni o‘z nazoratiga oldi. Ombudsmanning 274 ta murojaatiga vazirlik va idoralar o‘z vaqtida javob bermagan. Bola ombudsmani yil davomida 85 ta murojaatni olgan va bola huquqlarini himoya qilish maqsadida 8 marta sudlarda qatnashgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting